You are on page 1of 26

Alisher Navoiy.

Vaqfiya

Alisher NAVOIY

VAQFIYA
BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM Ulum haqoyiqi, balki haqoyiq ulumining fasih kalomlik va sahih hadislik mudarrislari kashshof tab, mutoleidin maoniy tavoleini bayon lavomei bila rubi maskun mamurasining murabba hujralaridagi mavzun adolig va matbu alqolig talabasining zamirlari mushkulotiga va xayollari misbohiga izoh qila olmoqliklarining boisi ul bola olgaykim, hidoyatoro avroqlari bidoyatin va diroyatoso saboqlari nixoyatin ul olam kimyoi hamdi va javohir shukri bila mulaxxas va munavvar qilurlarkim, odamni Salotulloxi alayhi va laqad karramno bani odam1 ikromi bila mukarram qilib va ilmi adam ul-asmo tashrifi birla musharraf etib, malakut olamnning muqarnas tokliq va muqaddas ravoqlik madrasasida karrubiylar2 ifoda va istifodasi uchun ijlos qildi. Subxonaka lo alamin lino illo mo allamatina innaka anta-l-alim ul hakimi3. N a z m: Anga hamdkim ilmlari tayb erur Va shul ilm ila olam ul-gayb erur. Alimiki, bir zarra ilmida fosh Bidoyat spehrida yuz ming quyosh. Hakimeki, bir qatrai xikmati Tuzatti muhitu falak hayati. Va bostoni faslida koygach kongul Ozin tifla maktab korib aqli kull. Shabistoni ilmida jinnu malak Ochub gungu lol, uylakim shabparak. Na umme-ki, surgach sharaf xomasi, Qilib oni kavnayi allomasi Ne olimki, ilmiga magrur etib Qabul ahlidin oni mahjur etib. Jahon madrusin tort toq aylabon Anga kokni toqquz ravoq aylabon. Toshida moxandis Zuhal paykari Ichida mudarris bolub Mushtariy. Taoli-lilloh ud qodiri zuljalol
www.ziyouz.com kutubxonasi 1

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Ki, ham lam yazal keldi ham lo yazal. Ayon ulcha mavjudu madum anga Azal to abad ilmi malum anga Jalli subhanahu va azumu shanuhu va ilayhi gayrihu4 funun daqoyiki, balki daqoyiq fununining mutavvil maoniy ayonliq va muxtasar bayonliq muhaddislari nihodi zehn badri mashorikidin ahodis masobihini ifoda shamoyili bila sipehr madrasasining toqi ostidagi va har xonaqohi suffasi ustidagi Utubul ilma va lav bachinni5 amri bilan say qadamin talab bodiyasiga qoyub, umid ajzosin faqr juzvdoniga solib, tajarrud kutubin tahammul orasiga kotarib har kun bir manzil va har oy bir shahr marohilin qat qilgan mubtadiylar, Al ulamou varasatu al-anbiyo6 oliy marotibi umidi bila mashaqqat tunlari aftoda tirsaklarin falokat boryosiga qoyib, sabr qollarin shikastaliq engagiga sutun etib, zaf dimogin savdo chirogi dudi bila mushavvash etib, jahl kozin amal varaqlariga yitqan muntahiylar tafhim va talimiga muvaffaq bolur uchun sabab bu bolgaykim, balogat javohiri bila murassa lugotlarin va fasohat zavohiri bila mukallal nukotlarin ul mahbub oqibat Mahmud7 nati bila muzayyan va mujallo qilurlarkim, uluvvi darajotdin Ulamou ummatiy k-anbiyo bani Isroila8 taronasi bila tarannum tuzdi va samuvvi rifatdin fazlu olimi alal obidi k-afzalu alo adnokum9 fasonasi bila takallum korguzdi. Nazm: Liy maa Ollohning sarfarozi, Qoba qavsayn mahrami rozi10. Taxti ostida farshi u adno Toji ustida durrimo avho. Sochi tobida laylat ul-meroj Shomi meroji charx boshiga toj. Ul shahi jin, ins xayli aning Balki kavnayn olub tufayli aning. Qaysi til birla, yo baniy ulloh, Seni tarif etay mene gumroh Madhi zotingda haq debon lavlok Lam yakun zolika-l-ulluvvi sivok Ham magar ushbu tavr xiyla bila, Madhi zotingni der vasila bila. Ayta ham olmasam sifotingni, Qilgamen zikr tilga otingni. To najotimga ul madad bolgay, Ne madadkim, ulug pisand bolgay.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Yorab, ul hodiyi sabul haqqi, Yorab, ul xotami rasul haqqi. Kim seni zoru bebizoatni Ortagan jurm otiga toatni. Etma mahrum aning itoatidin Qilma navmed aning shafoatidin. Va sallolohu alayxi va alo olihit tayyibiyn va ashobuh ut-tohiriyn va min tobihum ajmaiyn ilo yavmiddin11. Ammo hamdu sano vazoyifi va natu duo sharoitidin songra jon mazraasin va kongul hadiqasin ulum talabiga vaqf etgan voqiflar hazratida va bu mazraa va hadiqa muhsulin funun kasbida sarf etgan soriflar xizmatida maruz va marfu ulkim, azali azaldakim, mavjudot ranolari adam shabistonidin vujud gulistoniga jilvasoz bolmaydur erdilar va mahluqot zebolari yoqluq xilvatidin borluq sahrosida arbada ogoz qilmaydur erdilar. N a z m: Adam shomida yoqluq xilvatida Aning uyqu masti erdi Odam Ki, oyini hayoti kirmas erdi Tushiga, bal anga yoq erdi tush ham. Kunning xotani gaddor sipohi tunning zangi shior cheriki shabixunidin forig va shomning mushkbuy sipoh jardalari subhning mogiljabin chobuksuvori turktozidin emin, na falak binafshazoriga kavokib jolalari jilvasoz va na kavokib jololariga quyosh oti haroratidin gudoz, na bulbulning gunchadek qonlig konglida gul ishqi xorxoridin asar va na parvonaning otlug jonida sham shavqi sharoridin xabar. Nazm: Na kok ediyu na kok ichra yor, na yer uzra mulk, Na mulk ichida diyoru na ul diyorda yor. Konallohu va lam yakun maahushayan12. Chun Haq subhono va taoloning hikmati boliga va qudrat shayiasi Annamo amarahu izo iroda shayan an yaqullahu kun fayakun13ishorati bila jame mahluqotni gayb shodirvoni keynidin shahodat maydoni fazosiga surdi kuntu kanazon maxfiyyan faajabtu an arafa fa xalafat ul haqqu bashorati birla andog zohir boldikim, bu mavjudot qobiliyati qadiga vujud kisvatin solmoqdin maqsud inson vujudi erdikim, ham-martu tiynatu odama biyadiy ba arbaina sabohan14 bu maniga mashardur. Inna arazno al-amonata alo-s-samovati valarzi val jabola faabayna an yaxmalinaho15 daviyga shohid, ammo nechukki vahhobligi taqozosi bu nav mavhibat va jamoliyat qildi. Qahhorligi dogi bularning aksi muqtazo - qahr va jaloliyat boldi. Har oyinakim, Hallaqul insona min tafovutin16 amri lozim keldi. Andogki, Muso salavotul-lahu alayhi-r-rahmon17 ilkidagi quyosh otrusida firavn tiyraligi zuhurga keldi. Hazrati Muhammad arabiy sallollohu alayhi vassallam18 ilmi aynul hayotining muqobilasida bu jahl zulmati jilva va zuhur qildi.

www.ziyouz.com kutubxonasi

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Ruboiy: Dehqoni azalki, tuzdi bu turfa chaman, Qilmadi aning barcha nabotini hasan. Bir sari agar ekti gulu sarvu suman Ozga sari tikti xasu xoshoku tikan. Ammo korxona vasiatidin matnu xaloyiq goyatsiz va xalq kasiratidin muxtalif firqa nihoyatsiz va firq ixtilofidin shuna mazohib bisyor va mazohib shunasidin kabiha afol beshumor, mutasavvar uchun hikmati ilohiy va inoyati nomutanohiy jaholat zulmatiga tushgan gumrohlar ilayiga hidoyat shamin tutub, tuz yolga rahnamolig qilmoq uchun zalolat kuduratida qolgon nomasiyohlar oldiga inoyat mashalin yorutib, siroti mustaqim korguzmak uchun bazi masud fotihalik saodatpayvandlar va Mahmud xotimaliq davlatmandlarning farxunda farqlariga nubuvvat tojin qoyub, sharif egnilariga hidoyat xilatin solib, muborak bellariga risolat kamarin boglab, bu xaloyiq orasida sarafroz va mojizapardoz qildikim, Haqqi jalli subhona19 ado amrin Jannot tajarri min taxtiho l-anhori20 vadasi umidi bila, navohisin Ano jaalno fi anokuhum alolan21 vaydi biymi bila alarga irsol qilgonlar. Har kim taslim yuzin qabul tufrogiga qoyub, ularning amri nahyiga iymon kelturub, toatlariga amal qilsa, An allazina ominu va amal us-solihoti fa lahum adri gayri mamnunin22 hidoyo va niamidin barxordor bolgay va har kim shaytoni vasovis va nafsoniy havohis galabasidin dalil tilamakka zalil va burhon istamakka alil bolsa, ular kunsdin ravshanroq mojiza bobida yadi bayzo korgozgaylar va yasixus sukut23 ejozi zuhurida oyate bolgaylar. B a y t: Ne oyat, ne kalomki, ahlu fazlu kamol Erur aning kibi bir harfning adosida lol. Andogki, kalimdai faatou bi suratin min mislihi24 andin xabar berur va agar jahllari bemorligi bu nav shofi muolijalari birla shifo topsa va savdolari muddaosi bu tavr kofiy muomalalari bila kifoyat bolsa, biz-zarura ularning qiblai iqbol va kabai ammoldek risolatlari dargohiga boqqaylar va iltijo ilkin najot xalqasiga urub, maqsud eshigin qoqqaylar. Umidki, Man qarai boban lojju va lajju25 hukmi bila yuzlariga maqsud eshigi ochilgay va boshlariga murod gavhari sochilgay va har kim xilqat nopokligidin va tiynat illatnokligidin bovujudi bu nav sodiqi rasul va sidqi rasoyil va mustaqimi sabil va rosti daloyil risolat ganji muharramlarining rozi va nubuvvat sirri hamdamlarining ejozi abo sahbosidin sarxushroq, istibkor havosidin sarkashroq bolub, Rasul havoriqin saharga tushursa va anbiyo mojizotin irodat birla shabadaga indursa, Ash shaqiyyu min shaqiyyun fibatni ummiyhu26 dalili birla dunyoda shaqovati muxallad va uqboda azobi muabbad bolgay fa ulaika un nori -hum fiho xoliduvna27. Nazm: Xudoyki sun oshkor ayladi Ki, yoqdin xaloyiqni bor ayladi. Chu tiynatlarin qildi taxmir ozi Yomon yaxshisi dogi taqdir ozi. Bu bir gar savob etti, ul bir taboh
www.ziyouz.com kutubxonasi 4

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Aroda bularga ne erkin gunoh? Kim ul birni ortar jaloliyati. Bu birni sevargay jamoliyati. Kishi buyla nogoh savol etmayin, Savolin muvajjah xayol etmayin. Ki, sirri ilohiy ne bilmas kishi Kishi fahmidin tosh erur haq ishi. Kerak buyla sozni xifo aylamak Bu mani bila ixtifo aylamak Ki, tengriga chun mavj urub bahri xud Jomei xaloyiqga berdi vujud. Gazab haminon qildi, rahmat dagi. Yaratti tomug, dogi jannat dagi. Gazab rahm uchmoq tomug xilqati Qilurdin bu erdi ikin hikmati. Ki, qahr ila rahmat yoyib el aro Tolo aylagay iki mehmonsaro. Navoiy, sozungdin malul oldi el Uzun sozki qoy, harf boshiga kel. Va ayzan bo vujudi Inna ollohu alo kulli shayi muhit28ki hech zarrai zarrotdin va hech shayyi ashyodin emaskim, Haqqi subhona bir lahza, balki bir turfat ul-ayni ularning sirri aloyinasidin voqif bolmagay. Ibrohim29 salovot ur-rahmoni alayhining vujudi gulbuniga yonar otni gulzor, balki gulnor qildi30 va Yunus31 alayhissalomning zoti gavhariga daryo qarin, balki baliq qursogin sadaf etti. Namrud32ning diloso dimogidin jabborlik fosid moddasi dafiga pashsha nishin etitti va Od qavminipg shami jaholatin uchurgali, balki xirmani hayotin sovurgali yel xaylin tebratti. Bu nav adl va intikom bolaturgach bovujudi anbiyo rahnamoligi yana olamnizomi va xaloyiq oromi uchun oliyjoh salotin va anjumsipoh havoqinni olamda qahramon va xaloyikga hukmron etti. Atiyu ollohu va atiyu-r-Rasul va uluvval-l amri minkum amriy33, bila uluhiyat aa nubuvvat marotibidin songra saltanat martabasiga tartib berdi. Har qaysi oz zamoni paygambarining dini rivoji va oz ahli nasibasining shari taqviyatida sayi tamom va ehtimom mo lo kalom korguzgay ar va jihod kamarin ijtihod beliga boglab, ud shar kufrasi va-ul islom fijrasi dafiga kushesh qilgaylar va adl suyi bila mulk bostoniga nusrat bergaylar va siyosat qilichi bila kishvar harimidin fitna va oshub shaxsining boynin yugay, to soyir rioyo amnu omon maxodida muraffatul hol va qofai baroyo lutfu exson va aftonida forigulbol bolgaylar. N a z m: Alminnatu-llohi taborak va taolo34
www.ziyouz.com kutubxonasi 5

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Kim biza yetishti bu sifat mansabi volo. Kim, tengrilikka ul holiqni parastish qilurbizkim, har zamon eli har nenikim, tengri dedilar misli kunas va ot va but va bozov va gayri barcha aning mahluqidurlar va anbiyodin ul nabi dinidadururmizkim, barcha anbiyo shariatiga qalam tutmagan ilki bila Batlon35 raqami chekti va kitoblariga nasx xati tortti. Salotindin ul sultoni sultonnishon zamonida, balki oliy ostonida qulluqga mashgulmizkim, N a z m: Bari shohlar ichra zoti aning, Shahanshohlar ichra sifoti aning. Maloik aro keldi ruh ul-amin Rasul xaylida sayyid ul-mursalin. Sultonikim, Assultonu zalla l-lohu fil arzain36 javohiri bilan man, ilki humoyunfol chatri hoshiyasin murassa qildi; hoqonikim, abvob ul-muluk qiblat ul-hojot37 koshisining buyla qadr memori holi oliy dargohi kitobasin muzayyan etti; sohibqironeki, zafar paykar livosini ana fatahno laka fathan mubayyanan38 gulistonidin esgan nasimdin ozga nima mutaharrik qila olmas; kishvaristoneki, fath javohir qilichini va yansuruka ollohu nasran azizan39 zorxonasida varzesh tobkon qoldin ozga qol cheka bilmas; toji naxshabiki, oliyqadr taxtin hikmati najjori asliho sobitun va fariho fi-s samoin40 shajarasidin tarkib bogladi va taxtgirekim, humoyun fol tojin sun zardozi va ash-shamsi va sahiho zar rishtasi bila tartib berdi: xilofatpanoxike, Inni joilun fil arzi xalifatu41 oyinidurur, aning shanida nozil va adolat shiorike, adlun soaten yo voziyu amala saqlayna42 mujdaidurur, aning bobida xosil; sipehrqadrekim, xutbai minbarin Inna ollohu yamuru bil adli val ehson43 rivoji birla mushtariyning olti poyalig minbariga yetkurdi; anjumsipohike, shikkai axtarin va ammo s-soila falo tanxora44 ravnaqi bila savobitning toqquz pardaliq manzaridin oshurdi. N a z m: Shahi shahriyoron jahon xusravi, Falak rifati Mushtariy partavi. Mamolikda Jamshidi45farxundai, Ne Jamshid, xurshidi raxshandai. Falak shami rayi muniri aning, Maloyik chirogi zamiri aning. Sozi mahzani roz ganjinasi, Yuzi jilvai zot oyinasi. Jamolida shams uz-zuho jilvagar, Hadisida ruh ul-qudsdin asar. Jabinida anvori shohanshahi Kalomida ahyoi ruxullahi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 6

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Biyik kasriga toqquzunchi falak Ul atlaski, yoygaylar el farshdak. Urub kunguri muhrdek toblar, Malak xayliga turfa mehroblar. Falak bogi johida nilufare, Bolub anda har jola bir axtare. Chu oltin sochib ilki andogki, barq Hayodin bulutlar bolub terga garq. Favokih chekar tosi nilin qadah Kuruha otar yosi qavsi, quzax46. Hilol eshiki xalqasiga nishon, Vale anda zanjir olub kahkashon. Magar barqi kom ashhabidur sipehr Anga oyna kozgusi raxshanda mehr. Falakdin itikrak xiromi aning, Qilib barqni tiyra komi aning. Egarmakda yoq charxi davvordek Ki, bir nuqta davrida parkordek. Yugurmoqda chunkim bolub poyasanj Nazar payki qolib, tutub oni ranj. Borishda ne dey sunidin sarguzasht, Falak tavsanidin chiqib dasht dasht. Ozi devu devonavash paykari, Nazarda pari chehra, balki pari. Bu devu pari uzra sulton malak, Ne sultonki, alhaq, Sulaymon47 malak. Chu u ilkining bahri andog amiq Ki, yuz Hotami Toiy48 anda gariq. Yoruq rayining mehri andoq munir Ki, oldida xurshid bir kursi fatir. Falakqadrlarning niyozi anga, Falakdin laqab shohi Goziy anga.
www.ziyouz.com kutubxonasi 7

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Dema ayni insonkn, insoni ayn Ham insonu ham aynu Sulton Husayn. Zihi taxti johingga bir poya charx, Na poyakim ul poyaga soya charx. Ha, ey toji qadringga gavhar quyosh, Ne gavhar sadafdin muhaqqar quyosh. Falak bahru sen durri maknun anga, Jahon lafzidin turfa mazmun anga. Alo to jahon hujra, kok saqf erur, Ulus naqdi umri anga vaqf erur. Taning hujrasi jon qushiga panoh Tanu joninga voqif olsun iloh. Bu muqaddimotdin songra haqoyiq ahliga ravshan va daqoyiq hayliga mubarhan erkinkim, haqqi subhona va taolo bo vujudi ulkim olam nizomi va bani odam intizomi va ammadqa darband va muvoinga hojatmand ermas erdi. Hikmati ilohiykim, sirridin hech muhaqqiq joniga asar va hech mudaqqiq kongliga xabar yoqtur, muqtazi ul boldikim, olam ahli va bani odam hayliga olin miqdor xulafo hukmron va xilofotshior salotin nofizi farmon bolgaylar. Bularga xud diyonatlig madadkordin ne chora va kifoyatlig vazirdin ne guzir bola olgay erdi. Har oyinakim saltanat korxonasidagi manosibdin har muchaga loyiq farosatoyin xushmandlarni va har chargaga muvofiq kiyosat tazyin xiradpayvandlarni saltanat umuriga mutaalliq ishlar kifoyati uchun soyiri nosdin tanlab ommai xaloyiqdin sechib, amorot navrozi bila sarafroz va vazorat zayluchasi uzra muomalapardoz qildilar va bu amrning juzviy va kulliy ishiga kulliy va juzviy kishini tayin ettilar. To bu farxunda zamon va xujasta davronkim, bu jamshedi sohibqiron saltanat taxtin oldilar va bu xurshedi javohirfishon olam ahli boshiga soyai marhamatin soldi - yuqorroq mazkur va burunroq mazkur bolgondek kulliy manosibning kulliyotidin juziy umrning juziyotiga deganicha mutaammin va mutakaffil bolurdek el vojib va lozim boldi. Chun zamonning azimushshon sodot va fuzalosi va davronning karimulxulq quzot va ulamosi va temuriynajod shahzodalar va barlosiy49 nihod ozodalar va arlotiy ismlik sadrnishinlar va tarxoniy rasmlik ayshguzinlar va qiyot nasablik mutaayyinlar va qongirot hasablik mutamakkinlar va uyguriy sifot baxshilar va uygurchargalik yaxshilar va cholilik biyobonida jonsiporli qilgon jondorlar va boyrilik ayyomida xizmatkorlik qilgon jonsiporlar va jaloyir gavgosi va qavchin alolasi mavjud erdi va har mavjudqa bir maqsud va podshohona inoyat va har qaysiga bir munosib mansab bilan sarbaland va xusravona tarbiyat, har birisini muvofiq amal shugliga payvand qildilar. M a s n a v i y: Biri sandalini maqom ayladi Biyik masnad uzra xirom ayladi. Biri turk ayvonida osti muhr, Biri sort devonida bosti muhr.
www.ziyouz.com kutubxonasi 8

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Biri rasmi boldi sadorat maob, Biri ismi boldi vazorat iyob. Biri komyob oldi muhronadin, Biri komjoy oldi parvonadin. Birisi qoshun sori chekti raqam Birisi tuman sori urdi alam. Biri topti dorugaliq ishratin, Biri urdi sarhad sori navbatin. Qiniqti biri rishvati shum ila, Biri iktifo qildi marsum ila. Agar xud zalil erdi, gar arjumand, Bori boldi ozkomiga bahramand. Agarchi bu xoksorniig ota-bobosi ul hazratning obo va ajdodi xizmatlaridakim, har biri saltanat konining gavhari va shujoat beshasining gazanfari erdilar - ulug marotibqa sazovor va biyik manosibqa komgor bolgon erdilar. Ammo bu haqir hech nav xizmatqa oz qobiliyatimni chenamagan jihatdin va hech gurluk mashaqqatqa oz quvvatimni anglamogon sababdin borcha tamanno eshigin yuzumga madrus va jam muddaolar abvobin ilayimga masdud qilib erdim. Xayolim bukim, chun olamning xiyonati va olam ahlining diyonati ravshan va jahonning ishvanamo ajuzasining vafosizligi va hayotning ruhafzo mahbubasining baqosizligi muayyan-dur. Hamul avloki daf aylab alamni, Tajarrud kopida qoysam qadamni. Fano kunjini mujgondin supursam, Hamul mujgon sirishkidin suv ursam. Qilib masnad qanoat buryosin, Kiyib debo kibi uzlat palosin. Ne kokka, ne quyoshqa insa boshim, Buzuq uy bolsa - kok, ravzan-quyoshim. Agar nafs etsa mayli lolau bog, Yuzin nun nuqtasidin aylasam dog. Agar koz qilsa mardum ashkini ol, Tilab kofurgun yuz anbarin xol. Suvosam oni kormay deb balosin, Gaju ohaq qilib oqu qarosin.
www.ziyouz.com kutubxonasi 9

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Quloqqa bolsa gardon xalq uchun fikr Eshittursam sadoyi xalqai zikr. Ogiz shoxi shakar istarni bilsam, Ani misvok ila xursand qilsam. Dimogim zafiga ashk etsa hosil, Yuzum uzra fano gardini kahgil. Tarab sinjobidin tan istasa kom, Anga mehnat qolida bersam orom. Ayoqqa aylasam zanjir monand, Musallo davrining zanjirasin band. Havoga jism tufrogin sovursam Kongul mulkida davlat taxtin ursam. Gahi qilsam tavofi gulshani quds Gahi bolsam muqimi ravzai uns. Xaloyiqdek tilab zohir huzurin, Jahonning chekmasam jomi gururin, Tutub har shuguldin dunyoda gosha, Muhayyo aylasam uqboga tosha. Ajal payki qachonkim yetsa filhol Vadiatni-degach-topshur. - Desam: - ol. R u b o i y: Sen jon varaqida buyla aylab tahrir, Ul safhada bu naqshni aylab tasvir. Tagyir etar ermish oni kilki taqdir, Taqdir ishiga, rafiqlar ne tadbir. Kim, nogoh saltanat gulshanidin inoyat nasimi esa kirishti va xilofot borgohidin hidoyat qosidi yetishti va davlat manshurin ilgimga berdi va ul manshur mazmuni bu erdi: K-ey fazl jahonining sipehri, Yoq, yoqki, oshul sipehr mehri. Tabingga dami bolur ne vorid, Yuz yil biti olmatyin Atorid. Sen garchi guhar dokoni ochting,
www.ziyouz.com kutubxonasi 10

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Lekin bu guharni elga sochting. Fikring chamanida kop rayohin, Lekin bolub anda xalq gulchin. Nazming gulidinki dahr toldi, Degilki sanga ne bahra boldi. Lafzingdin ulusqa vajdu holat, Yetmay sanga bahra, juz malolat. Sen qon yutub, el bolub qadahkash, Eldin sanga yetmayin dami xush, Sen el boshiga bolub guharposh, Bir pok guhar demayki, shobosh. Emdiki, tarab zamoni yetti, Davrondin alam nishoni ketti. Oldi qolumiz jahon diyorin, Ochdi kuchumiz falak hisorin. Oy-kunni naqora qildi davlat, Choldi bizning otimizga navbat. Olamni bizing quyosh yorutti, Haq markazida qaror tutti. Bu damki, tarabqa qolmadi soz, Baxtingga ochildi uyqudin koz. Ham subhi umiding oldi tole, Ham mehri muroding oldi lome. Chun soqiyi davr jomi ishrat Tutti, yana chekma zahri mehnat. Tavqi yetishgach ayla lozim, Kim, jon bila bolgasen mulozim. To lutf tengiziga tushub mavj, Tutqay bori ishing ul sifat avj. Kim, oy uza qoygasei qadamni, Kun lavhiga chekkasen raqamni Mehr oltunidin qazo qilib hal
www.ziyouz.com kutubxonasi 11

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Ul safhani aylagay mujadval. Har baytini mehri gavharafshon, Anjum bila aylagay zarafshon. Necha biyik aylasang sozungni. Ondin biyik etgabiz ozungni. Yoqtur sanga vaqt gosha tutmoq, Ishrat gulin oh ila qurutmoq. Chun hukmni anglading dam urma Balkim dam urarga dagi turma. Qulluqqa kongulni chust bogla, Xizmatqa belingni rust bogla. Har necha bu soz demak kerakmas, Chun rostdurur kerak kerakmas. Tushtum mane notavon aroga Yuz ranju balou ibtiloga. Chun xost bu nav edi qazo ham Men xastai zori benavo ham. Qullarga ozumni hamdam ettim, Qulluqqa belimni mahkam ettim. Agarchi daryoga qatra madadkorligidin sude va yadi bayzoga zarra havodorligidin maqsude mumkin va mutasavvar ermas, ammo ul qadar xizmatdakim, xastaga quvvat erdi va ul miqdor mulozamatdakim, bu shikastaga tengri toqat berdi, jonsiporlik rasmin unutmadim va ehmol va tasohul ravo tutmadim. Chun niyatim gulistonida zarq va riyo xoshoki noyob erdi va xizmatim bostoni sidq va safo sahobidin serob. Har oyinakim, har soat rozgorim dimogi ozga nav nasim fayzidin muattar va har lahza umidim chirogi ozgacha tarbiyat mashali nuridin munaavar bola boshladi to oz fursatda ul xazratning vahyasarlik sozi va ilhom xosiyatlik vadasidek sozumga pok maoniy gavhari toj va ozumga pok gavharlik ahli maoniy muhtoj boldi. Xizmatimda ozodalar ishi bandalik izhori va ilayimda sarafrozlar dabi sarafkandalik atvori. Ruboiy: Iqbol mutiu baxt yovar boldi, Xurshed rahiyu sipehr chokar boldi. Olam elidin kimga muqarrar boldi Bu martabakim, manga muyassar boldi. Bu inoyatlar muqobilasida xizmate topay deb, dastu po urmoq mushkil va bedastu polardek boqib turmoq andin mushkilroq.
www.ziyouz.com kutubxonasi 12

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Misra: Mushkiledur ishqdin har dam manga mushkil aro Bu tahayyurdin mutafakkir va bu tafakkurda mutahayyir erdimki, xirad piri badholligim bildi va xushhollik yuzidin ogoz qildikim, M a s n a v i y: Navoiy, ne balo anduh erur bu, Ozungni solmoging mundoq bolurmu? Angakim aqlu himmat yor bolgay, Bu nav ishlar qachon dushvor bolgay? Quyoshdin tarbiyat gar topsa xoro, Qilur yoqut ila lal oshkoro. Bulutdinkim, bolur serob tufroq, Mulavvay gul berur minoyi yafroq Kishilikdin nechuk urgay kishi dam, Bolub tufroq birla xorodin kam. Shahekim, axtar olsa durri toji, Duo durriga koptur ehtiyoji. Rasulekim, rusulning sarvaridur, Sipehri ofarinish axtaridur. Agar siddiq boldi yori gori, Ham oldi ankabuti pardori. Kulekim, tiyra bolmish gulxan andin, Erur kozgu jamoli ravshan andin. Necha izhor ajzu notovonliq, Gumon qilding bu ishni nuktadonlik. Qoyub bekorlik farzona bolgil, Ilik ur ishgavu mardona bolgil. Chun xirad bulbuli bu navolar tuzdi va tavfiq totisi bu nagmalar korguzdi - men haqiri notavon dagi aql girihkushoyligi va tavfiq rahnamoyligi bila ul hazratning qullugida necha nav xizmatkim, dunyo sudi andin paydo va oxirat behbudi andin huvaydo bolgay, ozumga lozim tuttum va necha nav ishkim, xaloyiq duosiga bois va holiq rizosiga sabab bola olgay, qoshimda muqarrar qildim. Va tengri inoyatidin bu ishlar borcha muyassar boldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 13

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Avval bu erdikim, kongul kishvaridin ul hazratning gayrining xayolin azl etib, balki ixroj qilib, sidq bulutidin safo yogini bila kishvarini gayr gardidin yub, sulton xayolin bu taxtgohda saltanat masnadiga olturtub, humoyun oti va rozafzun alqobiga duoyi xayridin xutba oqub va muhabbat doglaridin sekka muzayyan qilib, bu iqlimni aning sultoni xayoliga musallam tuttum. R u b o i y: Har kimki birov ishqiga bolsa dilband, Jon rishtasidin qilsa keraktur payvand. Gar gayr xayoli tushsa kongulga pisand. Qilmoq kerak ul kongulni yuz ming parkand. Yana ul erdimkim, ul hazratniig davlatidin bovujudi ulkim, jamin tanaumoti jismoiy va murodoti nafsoniygaki, dastrasim balki havasim bor erdi, ammo aning kishvari gulistonining harimi atrofida va mulki bostonining chamani aknofida kormas nimadin kozumni nargis kozidek kor va eshitmas nimadin qulogimni binafsha qulogidek kar va tutmas nimadin ilgimni chinor ilgidek shal va bormas yerdin ayogimni sarv ayogidek lang va aytmas sozdin, bataxsis maxfiy asrorekim, gul xurdasi masallik gunchadek konglumda amonat topshurdi - ifshosidin tilimni savsan tilidek gung qildim. R u b o i y: Shah xizmatiga birovki bolgay moyil, Koru karu langu shal keraktur hosil. Asrorining ifshosida gung aylasa til, Bu mushkil erur, barchasidin bu mushkil. Yana ul erdikim, ul hazratning qullugin irtikob qilurda hech nav oz garaz va maslahatim mutasavvar ermas erdi, balki xos tengrilik uchun, dagi ozining muborak xotiri uchun, dagi musulmonlar, maslahati uchun erdi. Bu jihatdin xirad hokimi odil hukmi bila rostlik siyosatgohida garaz ogrisini fano doriga osib, insof dor ul-qasosida hirs qaroqchisi boynin qanoat qilichi bila urub, vujud shahrida muddao qasrini riyozat yomguri bila yiqib, nafsoniyat bogida orzu niholin intiqo iligi bila qongarib, amal mazraida tavaqqu xirmanin faqr oti bila kuydurub, ul xirman kullarini fano yeliga sovurdim. Ruboiy: To hirsu havas xirmani barbod olmas: To nafsu havo qasri baraftod olmas. To zulmu sitam joniga bedod olmas, El shod olmas, mamlakat obod olmas. Yana ul erdikim, agarchi ul hazratning ravshan zamiri kozgusi mazhari tajalliyoti ilohiy va xumoyun xotirining quyoshi matrahi, tayidoti nomutanohiydur. Pok xayolidin taqviyatiga sodiq va sof zihni va shari mubin tamshiyotiga muvofiqdur. Goyati rioyati va nihoyati ehtiyoti bu hukmga muqtazi boldikim, nauzu billohki, agar bashariyat tagofulidin sharif rozgori havosida zulm bulutlari adl quyoshi yuzin yopardek bolsa, bu qul zurvai arzga yerkurgay, to ul bulutlarni nadomat ohi sarsari bila olamdin chiqorgay va pokiza avqoti shabistonida agar bidat nasimi shariat shamiga zarar yetkurgudek bolsa, bu notavon parvona bolgay, to ul shamni muhofazat hullalaridin fonusqa
www.ziyouz.com kutubxonasi 14

Alisher Navoiy. Vaqfiya

kiyurgay. Bihamdillahki, ul tavr amre hodis va bu nav ishe voqe bolmadi, ammo boldi ersa, dagi hukmdin tajovuz qilmadim va ozumni aroda kormayin, ul ishni aroga soldim. Ruboiy: Taqririm agar yaxshi edi, yoqsa taboh, Alfozim agar yamon edi, gar dilhoh. Arz etmagini chu hukm aylab edi shoh Shoh anglamasa, bu xizmatim netgamen, oh! Yana ul erdikim, mamolik chun hargiz zulm yeli mazlum charogiga mushavvish bolmoqdin va taaddin oti osoyish xirmaniga zarar yetkurmakdin xoli bolmaydur. Har zolimekim, jabborlig togida bedodiy qoplonining har holidin bir koz tikarkim, mazlum farogati kiyigin qayda korgan va har changolidin necha sitam qullobi muhayyo qilurkim, ani nechuk sayd qilgay va har tishidin bir neshi zahrolud itirurkim, aning jon eltmagi mumkin bolgay, to ul nomurod kiyik azo va ahshosidin nafsi ammora sabuiga kom va sabuiyat ishtihosiga orom bergay. Va bu muqaddima zolim bila mazlum holidin kinoyat va bedodgar bila dodhoh ahvolidin hikoyatdurur. Iligimdan kelgancha zulm tigin ushotib, mazlum jarohatiga intixol marhamin qoydim. Va iligimdin kelmaganni ul hazrat arziga yetkurdim. To zulm palangi terisidin kiyik suratlik bodpolar goshiyasiga ziynat berdi va mazlum joni kiyigi koziga amniyat margzorida qoplon doglar orniga lola doglari korguzdi. Ruboiy: Shah adli uyini aylayin deb mamur, Say ayladim ul qadarkim, erdi maqdur. Har nechaki tengridin yetar shamga nur, Parvona erur joni kuyardin mazur. Yana ul erdikim, ulus aro akobiri izomdin soyir avomgacha va sipohi aro amorat masnadida bazm tuzggondin mazallat kapanagida ajz korguzgongacha va raoyo aro tavongarlik joybor va dashtini sipehr mazraasidek kokortib, tamavvul mahsullarin hosil qilgondin sipehrdek ikki bukilib xosha termakta oqshomgacha, rozgori kafofiga parvindek bir ovuch dona tergongacha na yasogliq aro boyliq margzori ichra har suruk qoydin yilda hamaldek ming qoziga qone bolmagondii yoqsizlik shiromlarida qoy kutib, yilda jadydek, besh ochku muzd olgonni ganimat bilgongacha kishi oz topilgaykim, bu notavon bila ishi tushmamish bolgay. Bu ishlar muqobalasida muzd tilab minnat qilmadim, balki muzdparvarga minnat dagi tuttilar qabul etmadim. Ruboiy: Eldin manga garchi gayri zahmat yoq edi, Ayb ermas, agar muzd ila minnat yoq edi. El berdilar, ammo manga ragbat yoq edi, Shah davlatidin bularga hojat yoq edi. Yana ul erdikim, chun ul hazrat xukmi jihatidin va taklifi sababidin maosh mazrasi yobis qolmasun deb, biror nima ziroatqa ishtigol korguzdim. Chun ul nigimda qila olguncha shariat jonibi mari va insof tarafi malhuz erdi, tengri inoyatidin kop mahsullar xosil va ganimatlar vosil bola
www.ziyouz.com kutubxonasi 15

Alisher Navoiy. Vaqfiya

kirishti. Bu jumladin oz maoshimga soyir avomdin birining maoshi otguncha issiq-sovuq dafi uchun bir turma ton dagi munga munosib yemakka qone bolub, qolgonning bazisin ul hazratning mulozamati maslahati uchun, kelish-borishga va navkar va mutaallaqlar ulufasiga va cherik yarogiga sarf qildim va bazini aning saboti davlati uchun duo, davomi saltanati uchun toat qilur mustahiqlargakim, shomdin sahargacha sipehrdek rukuda xam bolub, anjum kibi tasbih evururlar va tongdin oqshomgacha olamdek yaxshi-yomonnnng nomuloyimligin korub, quyoshdek bir qurs bila maosh otkarurlar - yetkurdum. Va bazinikim, jami maunot va borcha taklifotdin ortti, biqoi xayr bino qildim va bu mazkur jami xayrot va mubarrotning hasana va savobini ul hazratning nisori va tufayli qildim va aning xujasta avqoti va humoyun rozgoriga kechtim va bu davo tanisiga qoziyalhojot hazrati va qazo va qadar mahkamasida anbiyoi mursalin va maloyikai muqarrabini tonug tuttum. R u b o i y: Maqsud chu shohi dinpapoh oldi manga, Uqbo sori har ne zodi roh oldi manga, Majmuini qildim oning olliga nisor, Bu hujjat uchun tengri guvoh oldi manga. Va ul biqoi xayr jumlasidin biri budurkim, tarix sekiz yuz sekson birdakim, ul hazrat koshki Margani yonida bu faqirga saro va havli yasagali yer inoyat qildi va bu faqir aning imoratiga mashgul boldum. Va alhaq ul yeredur, Hirot dor us-saltanasining ravzai eram ziynatlik va bayt ulxaram manzalatlik baldai fohirasining shimol haddidakim, Gozurgohning ushoq toshi lali koni va gavhari ummoniyga tannoz va qaro tufrogi mushki azfar va tablai anbarga tanasoz toge voqedur, aning etagidakim, janubiy haddi bolgay, bu tog bila mamurai mazkuraning mobaynida voqedur. Ul yerning havosi ruhparvarlikda jannat havosidin nishona aytur va yeli hayotbaxshlikda firdavs nasimidin namuna korgozur. Va tog jonubidin joyi Navroziy otarkim, sadosi gulgulasidin labtashnalar qulogiga mujdai obi hayot taronasi yetar va shahr jonibidin Injil suvi oqarkim, aynan tusammo Salsabil50 zulolidek tabiat komiga yoqar. Moziy salotindin ul yerda bog yasarga amorat siytni solgon amirzodalar, balki saltanat kosin cholgon shahzodalar orzu niholin tikib, maqsud mevasi topilmagon va tamanno gulbunin ekib, qabul guli ochilmagondur. Hosil bu faqir ul yerda ottuz jerib51 yerni devor tortib saroy imorat qilib, bogchasiga har turluq ashjor bila safo va nazrat va har chamaniga har nav rayohin bila zebu-ziynat berdim va aning tarifi mundin otmaskim, ul hazratning mavkibi gardunsoyi necha qatla ul manzilni gayrati bihishtibarin va maqdami falakfarsoyi necha navbat ul mamanni rashki nigorxonai Chin qildi. Va umidim budurkim, hamisha ul yer bu davlatka sazovor va mudom bu xoksor ham bu inoyatka barxordor bolgaymen. Insholloh taolo. Va bu Margani koshki bu havli muhavvatasining haddi janubi bilan haddi garbiysining mobaynida voqe erdi va ul imorate erdi - burun chogda tarh solgon va qadimda yasalgon binosi toshdin erdi. Hamonoki, ul toshni mehnat togidin tashib erdilar va devori, xom kirpichdin erdi, ul kirpichni anduh tufrogi va hasrat suvidin quyub erdilar, tarxi ikki oshom erdi: quyigi oshomi tiyralikdin firoq shomi va anda nuhusat bumlari bila zulmat xuffoshlarining oromi, yuqorigi oshomi buzuglugdin firoq ahli kongli evi din nishoni va anda navmidlik chogzlari bilan motamiy libos kabutarlar oshyoni. Yiqib ayvonini sayli zalolat, Yoqib devoridin gardi malolat Qorongu sahni andoq shomi dayjur Ki, xurshed anda kirsa topmagay nur.
www.ziyouz.com kutubxonasi 16

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Bolub mutavorilar oromi anda Fujuru fisq ahli komi anda. Kongulga keldi bukim, gar berur dast, Ani qilmoq kerak tufroq uza past. Binoe tarh qilmoqkim hamisha, El etgay shah duosin anda pesha. Chun bu muvajjah hayot kongulda ustuvor boldi va bu maqbul andisha xotirda qaror tutti, ul binoyi dayrpayvandni hamvor qilib, ornida madrasa bino qilildi va ul asosi kaliso monandni buzub, yerida masjide solildi. Shah davlatidin itti bu dayru kaliso Ornida boldi madrasau masjide bino. Va madrasadin kirgach masjid aning haddi garbiki, qibla sori bolgay, voqe boldi. Va xushxon imom va xushovoz muqri mukarrar boldikim, saloti xamsani mahalla ahli bilan qoim tutub, ul hazrat duosiga mashgul bolgaylar. Va madrasaning toridakim, haddi shimoliydur, gunbaze yasaldikim, surai Quroniy va oyoti furqoniy adosida qiroat gulshanining Isaviy nafas andalibi xush ilhonlari va tajvid ravzasining Dovudiy nagma foxtan shirin adolari har kun xazrati risolatpanoh mutahhar ruhoniyati uchun bir si pora kalom oqub, ul hazrat duosi birla xatm qilgaylar. Va gunbazni Dor ulhuffoz deyildi. Va madrasaning sharqiy va garbiy suffasida ikki mudarriskim, birisi fiqh usuli va furui va birisi hadis furuva usuli52 aytqoylar va har dars halqasida on bir tolibi ilmkim, muvazzaf bolgaylar - tayin qilildi. Va bu madrasagakim, xulusi ixlosdin yasaldi - Ixlosiya ot koyuldi. Va bu Ixlosiya madrasasi janubiy haddining toshidinkim, Injil arigi oqar, ul arigning janubiy haddikim, qirogi bolgon shoriy omdurkim, ul hazrat bino qilgon madrasadinkim, har toqi ulvi rifatdin sipehri muqarnas ravoqiga kungira yetkurubtur va har gunbazi sumuzi manzilatdi falakning kok gunbazidan bosh otkaribdur, har mudarrisi qoshida Mushtariykim, oltinchi ayvon donishmandidur - omiy va nodon va har tolibi ilmi olinda Atoridkim, ikkinchi suffa mustaiddidur - tifli abjadxon, xodimlari sufrasida oy girdasi va quyosh qursi ikki fatir va tabboxlari taxtasida kahkashon shakli un sepgan bir zuvola xamir. R u b o i y: Bu buqaki to binosi bunyod oldi, El hojat ila faqrdin ozod oldi. Darveshu gani nematidin shod oldi, Bu vajhdin oti Nematobod oldi. Bu shorii om bu Nematobod jonibidin kelib, koprak yol Injil arigi yoqasi bila Mahdi ulyo va Bilqisi uzmo Gavharshod ogo navvarallohi maraqadha53 madrasasi sorikim, koshisi girehkorligidin aql memori hayron va shamsasi zarnigorligidin xirad muhandisi sargardondur - borur. Va bu Ixlosiya madrasasi muqobalasidakim, mazkur bolgon shorining janubiy haddi bolgay xonaqohe bino qilildikim, ul Hazratning davlati davomi va saltanati saboti uchun quyiroq mashrut bolgon dastur bila har kun fuqaro masokinga taom bergaylar va har yil ehtiyoj ahliga kiyguluk yetkurgaylar. Va bu xonaqoh toridakim, ham janubiy tarafi bolgay - gumbaze bino qilildikim, chun
www.ziyouz.com kutubxonasi 17

Alisher Navoiy. Vaqfiya

bu mahalla ul Hazrat davlatidin mamur va eli dagi qalin va masrur bolubturlar va bu jamoat bila masjidi jomelar orasida juzviy masofate bor. Qishda bazi sovuq va balchig uzri bila va yozda bazi gard va issig baxonasi bila Ya ayyuha-l-lazina omanu iza nudiya li-s-salavati min yavmi-l-jumati fasu ila zikri-l-lohi va zaru albay51 amridin gofil va aning savobidin otil erdilar, muqarrar qildimkim, ul xonaqoh bilagun bazda juma namozi qilgaylar, shoyad ul jamoat har nav nomasmu uzr bila ul davlatdin mahrum va bu saodatdin bebahra qolmagaylar, Dagi xatib va muqri va imom va ulcha bu amrda zaruratdur - muayyan boldi. Va Ixlosiya madrasasi otrusida bu xonaqohgakim, imorati har nav riyo va gashdin xoli erdi va xotirga kop taraddudin xalos berdi: Xalosiya ot qoydum La xalasa illa bil ixlosi55. Hirot dorus-saltanasida va tegrasida harne mustagal va dakokin va bog va yer va korizkim, ul Hazrat oboni davlatida bu faqirning mulki erdi va alarning bay va shirosida shar qavoidin kop mariy tutulub erdi va baholaridin bir diram mavquf qolmaydur edi. Andoqkim, bu maniga aimmai islom, balki xavos va avomdin kopi voqifdurlar va bu bobda tahsinlar qilib, insoflar berurlar va muddatlar bu faqirning tasarruf qabzasida va tamalluki ilgida erdi - bu biqoga vaqfi sahihi shariy qildimkim, bu ikki buqaning imorati va sakanasining vazoyifi bila borcha maunati andin hosil bolib, shart qilgon dastur bila sarf bolgay. Yana ul Hazratning falak martaba dargohida va sipehr manzalat borgohida arzadoshtim budurkim, tiriklik bostonidinkim, adno nilufarin sipehri axzar bila teng tutsa bolmas va hayot gulistonidinkim juzviy sarig gulin xurshedi xovarga oxshatsa bolmas. Garaz yigitlik chamanining gulbuni xujastasi va maqsud shabob gulbunining toza guldastasidur. Bihamdilloh val-minnaki, mening bu hayotim gulbunining gullari ul Hazratning xizmati bahorida ochildi va yigitligim ashjorining shukufalari dagi ul Hazrat mulozamati havosida sochildi va ul gullardin kop maqsudlar navbovasi hayotim komin bahramand etti. Emdikim, hayotim gulshanining bahor xazonga yetishti va gulshanda ochilgon yigitlik gullari tokula kirishti. Sabzasi tabiat havosi burudatidin oqardi va lolasi kuhulat sovug nafaslaridin sargardi, sunbuli serobi margulalaridin tob ketti va niholi sarbalandi, ajal sarsaridin fano tufrogiga yiqilurga yetti. Ul Hazratniig muabbad davlatidin va rafe himmatidin konglumga kechmagan komlarga komgor bolubmen va tushumga kirmagan maqosidga iqtidor topibmen. Ikki orzu rishtasidin ozgakim, girixi konglum pardasidin yechilmadi, ikki murod gunchasidin ozgakim, tuguni jonim gulshanidin ochilmadi. Ammo umidim uldurkim, bu ikki umidim mevasidin dagi barumand va murodim budurkim, bu ikki murodim gavharidin dagi sarbaland bolgaymen va bu orzumandlig xorxorining tikani konglumda sinmagay va bu murod gavharining yoginin qatradek tufroqqa eltmagaymen. Birisi budurkim, chun kishiga abadiy davlat va sarmadi saodat va hayot chashmasining navidi va najot manzilining umidi islomning besh sutunluq zotulumodiga kirmaguncha mumkin ermas va bu xams-ul-muborak panjasiga ilik urmoguncha hech ish natija bermas. Avval ul kalimai tavhiddur. Shukrkim oni alifdek jonim orasida naqsh etibmen. Ikkinchi salavoti xamsadur. Bihamdillohkim, oni naydek zehn aro sabt qilibmen. Uchunchi ramazonning oruz kunining rozasidur. Shukrullohkim, oni lomdek qalbimda yoshurubmen. Tortinchi zakotdur. Jonim naqdi ul tengriga zakotkim, konglumga nasabqa yetkuncha mol zaxira qilmagaymen, solmadi va nasabqa yetgan mol zakotin ayirguncha ilkimda qolmadi. Beshinchi Hajdurur va ul bay uzri muyassar bolmayin hamonoki, islom shaxsi bir kishiga oxsharkim, onda xos xamsadin torti boru bas. Muqarrardurkim, beshalasi - xoskim bolmasa muvajjab nuqsoni bolur va bu mazkur bolgon ikki orzudin biri muborak safardurkim56, islomim shaxsi besh hisdin birining oksuklugi jihatidin noqis bolmagay va musulmonligim panjasi bir barmoq yoqligidin malul qolmagay. Ul saodatoyin qofilakim, ul bodiya sorikim, shohrohi joyborida sarob hayati chashmai hayot zuloli va ul zulol atrofida har mugaylon butasi gulshani najot niholidur, azimat qilsa, agar qofilasolorlik chatri soyasida yer topmasam, yer yuzida soya kibi jism bandi ozluk qaydidin qutulib,
www.ziyouz.com kutubxonasi 18

Alisher Navoiy. Vaqfiya

ul qofilani erishsam va agar mirhojlik mahmili haramida hukmron bola olmasam, jarasdek chok koksumda iztiroblik konglumdin figon tortib, ul mahmil tufayli maqsadqa yetishsam. Menikim, bu savdo nizor ayladi, Havas ilgida beqaror ayladi, Ne imkonki, topqay qaroru sukun, Birovkim, bu fikr etgay oni zabun. Urarmen qadam toki borguncha gom Ki, bolgay muyassar menga ushbu kom. Agar bolsa bu yolda umrum talaf Chu bu yoldadur ul ham erur sharaf. Va agar bolsam oz komima bahramand Zihi mulki jovidu baxti baland. Va bu muqaddimotdin garaz bukim, ul sidrai sipehrtimsol davrida suhokirdor va ul qubbai xurshedminvol davrida zarravor evrulurda firoq zanjirida ishtiyoq silsilasida halqa bolgon qadimni tuz etib, ul maqsud eshigi halqasiga ilgimni qullob qilib, ul Xazratning qiblai iqbol va kabai omoldek dargohining sabot va davomi uchun duo qilgaymen. Va ikkinchi murodim ulkim, ul hazratning goyatsiz inoyatlari va nihoyatsiz shafqatlari muqobalasida yuqori mazkur va sadrda mastur bolgon xizmatlardin bu faqiri shikasta va bu haqiri dilxastaga munosibroq xizmat ul erdikim, zubdai avqotim va xulosai hayotimni ul Hazratning madhi zoti va tarifi sifotida sarf qilsam erdi va ul bobda garro qasidalar va rangin gazallar va matbu masnaviylar va masnu insholar, balki har nav nazm va nasrdin kitoblar tasnif qilsam erdi va mujalladlar tartib bersam erdi, to ul hazratning farxunda oti bu vasila bila kop yillar rozgor sahifasida mazkur va humoyun zoti bu vosita bila kop qarilar rozgor ahli tilida mazkur bolsa erdi. Ammo bu jihatdinkim, ul Hazratning baski iltifoti sahobidin ehtimom yomguri bu xoksor rozgoriga nozil va ehtimomi bostonidin iltifot shamoli bu benavo holiga shomildur - elning taraddudi va ulus ixtiloti, arzol tamalluqi va ashrof inbisoti va xavos ikromi va avom gavgosi, zolim ibromi va mazlum alolasi, raoyo gulusi va yasoglig yorugusi, tama ahlining nohamvor muloyamati va talab xaylining nohanjor mulozamati, juhhol sitamidin shevasi azo bolgonlarning sogvorligi va ammol qalamidin rozgori qaro bolgonlarning beqarorligi, burchluq azobiga qolgonlarning yolum boshida turmogligi va farzandin garav qoygonlarning etagimga ilik urmogligi va iflosoyin talabaning arzadoshti va ruqasi va falokatshior shuaroning qasida va qitasi, viloyatdin kelgan darmondalar holinnng taftishi va alarni rizolari bila uzatmoqning tashvishi, sarhad beklari elchisi taklifining zahmati va alarni dilxohlari bila qaytarmoqning mehnati, ozga mamlakatdin oz va orzu hamiyonin tikib, tama xorligin ozlariga tutub kelgan azizlar ibtilosi va alarning muxtalif muddaosi bila ezoz qilib, nomaqdur matlublari bila vatanlariga yubormakning balosi, ozodlarning injulikka kirmak tamaidin tashnii va bandalarning ozodliqqa chiqar umididin tavaqqun, tush korub kechgan mashoyix elomin kelturganlar mubolagasi, yiroq yerdin otgan avliyo salomin yetkurganlar muzoyaqasi, tokquz xilol taklif bila bergonlarning tama tishin berkitgoni, bolchig tasbih zori bila otkarganlarning talab rishtasin uzotqoni, solim jismin xastalikka solib, sharbax vajhi tilagonlar zarqsozligi, tirik kishisin olukdek yotquzub, kafan bahosi olgonlarning hiylapardozligi, vaqfiylar bedodidin garib talabaning ruqa tilamagi, amal ahli fasodidin zaif raoyoning siporish istamagi va majlisda hamsuhbatligimga taaniy korguzgonlarning garonjonligi va sayrda hamzonulugimga
www.ziyouz.com kutubxonasi 19

Alisher Navoiy. Vaqfiya

tahattuk zohir etkanlarning sabuk inonligi, Madinadin kelibbiz deb, iqomat yukin uyumda tushurganlar ziyofati, Makkaga borurbiz deb, tavaqqu markabin eshigimga surganlar rioyati, bu xaylning muddaosidin juzviy oksuk muyassar bolsa, norozi borib, gila qilgonlarning hayrati va muddaolari tamom hosil bolgonlarning bu rioyatni vazifa qilib yana kelmaklarining fikrati, yana dagi mashaqqatlar borkim, aytilsa soz rishtasi uzolgay va mujibi karh va malolat bolgaykim, bu notavon bu holat vuquidin sun farroshlari subhning siymin supurgisi bila gunbazi lojuvardiy atrofi tun dudasidin qarorgonni supurib, qazo naqqoshlari ul lojuvard yuzin zarkorlik qilib quyosh jamshedi ul gunbazda zarnigor taxt uza bazm tuzgan chogdin shom kashmirining siyoh jardalarining anbarin zulfin nasimi shabgir pareshon qilib, aning royihasidin tun zangisining savdoyi dimogi mushavvash bolib, devonalardek falak otashkadasining kulin olamga sovurib, sun hakimi ani kahkashon zanjiriga tortar mahalga degincha bu shikastaning tiyra rozgorligim va parishonligim kashmiriy sohir kozluklarning nasimi shabgir sovurgon zulfidin afzunroq va iztirob va bechoraligim parivash tifllar shoxligidin zanjiri junun asiri bolub, gulxan otiga yiqilgon devonadin koprakdurur - bir majruhmenkim, bovujudkim, uryon jismimga zahrolud neshlik chibin hujumi bolgoy, qovarga ilik dagi tebrata olmagaymen va bir uryonmenkim, bovujudi ulkim, majruh tanimga junun arzolining muhlik toshi yoqqay, qochorga qadam dagi kotara olmagaymen. Agar bulajob holimdin shammai izhor qilsam, ul Hazratning nozuk mizojiga mujibi gam va muborak xotiriga boisi alam bolgay. Tuganmas subhi yoq shomi gamim sharhin savod aylab, Varaq aflok olub, ul tun qarosin - oq midod aylab. Kishi bu nav gamnoklik bila ne nishotomez alfozga rabt bergay va bu parishonlik bila ne maoniy gavhari jam qilgay. Ammo umidim borkim, ul Hazrat davlatidin oncha farogat dast bergaykim, kechgan hayotim baqiyasin va otgan avqotim tatimmasin bir ishga sarf qilgaymenkim, jahon intihosigacha ul Hazratning zikri xayri bodasidin ulus xushhol va yana jahon ibtidosigacha aning avsofi hamidasi obi hayotidin xaloyiq komi molomol bolgay. Soz mutavval va maqsud muattal boldi. Avlo ulkim, ham duo sori ruju va Vaqfiyaning takmiliga shuru qililgay. R u b o i y: To sokin erur dahru falak mustajil, Sursun ikisiga hukm shohi odil. Andin manga bu murod bolsun hosil, Mendin anga bu bandalig olsun vosil. Omin, yo rabbil olamin! Muqaddimot tugandi va keldi mahdudot: vaqf qilgon mahdudlarkim, shahr va tavobindadur, mujmalan mazkur bolur va tafsili forsi vaqfiyalardakim, mukarrar aytilibdur va quzot sijilloti bila musajjal va soyir xaloyiq podshohdin gadoga degincha elning muhr va tonugligi bila mukammal bolubtur va koffai anom huzurida kofaga hukm topibtur, mazkur va mabsut voqedur, ehtiyot vaqti andin korub malum qilgaylar: bu mujmaldin ulcha malum bolur ijmol tariyqi biladur. Va ul mahdudotdin avval mahdudedurkim, shahrda Malik bozori ichinda sharqiy haddida mashhur toqiyafurushlar timigadur va imorati ikki oshomdur va bozor sori ikki darbandi bor va har darbandida bir darvoza bir ayvon mavjuddir. Va bu tim muttasili janubiy haddida besh dokon bir-biriga muttasil. Yana bir dokonkim, Xumi obga mashhurdur, timning sharqiy haddida va bir namadfurushluq dokoni boloxonasi bila ham bozorning garbisida va bir postinfurushlik dokoni ham bor, bozorning
www.ziyouz.com kutubxonasi 20

Alisher Navoiy. Vaqfiya

garbisida boloxonasi bila. Yana bir timcha va tort dokon bir-biriga muttasil. Iroq darvozasi toshida Alikabek hammomiga otru. Yana bir timcha amalasi Malik darvozasi toshida ikki oshom imorat va sekiz dokon timchaga tutosh. Yana bir timcha va ikki dokon bir-biriga muttasil Musarrixning Kuhunduzida. Yana ikki dokon amalasi Bogi Zogon kochasida voqedur. Va mahdudotkim, shahr tavobiidadur - Olinjon bulukida Farroshon mavziida yigirmi besh jerib bog, yigirmi uch jerib bir-biriga muttasil, yana bir qata bog bila yer on sekiz jeribkim, andin ikki yarim jerib uzum bogi Osiyoyi Bodga mashhurdur va bir qita yer tortjerib va bir nima Injil bulukidin Bogi Murgonda tort jerib, Siyovushondin Xoja Shihob mahallasida bogot va yuz jerib, Sabgur bulukida Sabada Ravon kentida ikki qita uzum bogi ham bir-biriga tutosh on ikki jerib, yana bir bog tort jerib, Sifliy mahallasida necha bogot oltmish jerib taxminan, yana mazkur mahallada yigirmi olti jerib uzum bogi va tort jerib yer ila bir qita on sekkiz jerib yer dagi on ikki jerib bog, yana qita on toqquz jerib, yana bir dafa bog bila yer tutosh on jerib, yana bir qita tok tort jerib yana bogot bila yer raqbasi dafaot bilakim, bir-biriga tutoshdur, yetmish tort jeribkim, andin ottiz tort jeribi uzum toki va ozgasi yer bolgay, yana bir qita yer va tok tutosh besh yarim jerib, yana bir bog bir jerib va donge yana bir bog tort jerib, yana bir qita yer bir jeribu chahordong, yana bir qita bog sekiz jerib, yana bir qita yer uch jerib, yana necha qita yer bir-biriga tutosh on ikki jerib, yana bir qita yer tort jerib, yana bir qita yer besh jerib, yana bir qita bog ikki yarim jerib, yana ikki qita bog va yer tutosh sekiz jerib, yana bir qita bog tort jerib, yana necha qita yer tutosh on tort jerib, yana bir necha qita yer bir jeribu chahordong yana bir qita yer yigirmi tort jerib, yana bir qita yer bir yarim jerib. Va Bodgis viloyatida Tudagi korizi tamom va kamol bila va Gumburoq bulukida Paragach korizi va mukammal va Hirotrud viloyatida Gul kenti jami bogot va daraxton va saroy bogcha soyir arozisi bila. Bu jami mahdudotkim, hududi Vaqfiyalarda mukarrar mazkur bolubtur dagi bu avroqta mujmal bitildi, yuqori mazkur bolgon biqoga vaqfi sahihi shariy qilildi. Arbobi vazoif - ikki olimi muttaqiy mudarris bolgay: har birining yilliq vazifasi ming ikki yuz oltun naqda, yigirmi tort yuk oshligkim, sulsi arpa, sulsoni bugdoy bolgay. Har halqai darsda on bir tolibi ilmkim borisi yigirmi ikki bolgay, olti alo; har biriga oyliq naqda yigirmi tort oltun, yilda bugdoy besh yuk; vasat - sekiz; oylig har biriga naqda on olti oltun, bugdoy yilliq tort yuk; adno sekiz: oylig har biriga naqda on ikki oltun, oshlig yilliq uch yuk. Olti xushxon hofizdin musaddirga yilliq naqda besh yuz oltun, munosafa oshlig on bosh yuk; soyirdin har biriga yilliq naqda yuz sekson oltun, bugdoy tort yuk. Shayxqa yilliq naqda ming oltun, munosafa oshlig on yuk. Voizga yilliq naqda besh yuz oltun, bugdoy on yuk. Imomga, masjidi jomeda xatib bolub, maktab dagi tutgay, yillik naqda ikki yuz oltun, bugdoy on yuk. Muqriga yilliq naqda yuz oltun, bugdoy besh yuk. Xonaqoh tabboxining yilligi naqda ikki yuz sekson oltun, bugdoy besh yuk. Tabaqchiga yilliq naqda ikki yuz oltun, bugdoy besh yuk. Bir farrosh va ikki xodimdin har biriga ikki yuz oltundin olti yuz oltun, bugdoy besh yukdin on besh yuk. Mutavallikim, ikki obodon navkar asragay, viloyot ziroati nasaqi uchun, yillik naqda uch ming oltun, oshlig ottuz yukkim, bu mablag va miqdordin chahor dongini ozi olgay, du dongin ul ikkovga yetkurgay. Mushrifqa yilliq naqda besh yuz oltun, oshlik besh yuk, sohib jamga yillik naqda besh yuz oltun, oshlig besh yuk Ravotib57 - roza oyida har kecha on besh botmon bugdoy, besh botmon poludai dushobdin yo mavizobdin ottuz tabaq, masoliq - ulcha ehtiyoj bolgay. Roza iydida otmaq yuz botmon, halvo ellik botmon. Qurbon iydi avval kun oy bir son, qoy besh son qurbon qilib, madrasa va xonaqohning fuqaro va masokin va soyir suk qoniga ulashgaylar. Ikkinchi kuni yigirmi botmon et bila yigirmi botmon bugdoyni halim qilib, ellik botmon otmak bila qismat qilgaylar. Rabi ul-avval oyi-ning on ikkisidakim Rasul xatmidur, besh qoy masolihi bila osh pishurub, ellik botmon otmak bila yigirmi botmon halvo tortqaylar. Rajab oyining ortasi - istiftoh kuni yigirmi botmon halvo, ellik botmon
www.ziyouz.com kutubxonasi 21

Alisher Navoiy. Vaqfiya

otmak; shabon oyining ortasidakim, barot bolgay, chalpak ottuz botmon, halvo yigirmi botmon, qishning tort oyidakim, qavs va jadi va dalv va hut bolgay, har kuni otmak yuz adadkim, yigirmi botmon uch tangalik et bilan murattab kilgaylar va agar et topilmasa jijiglig osh pishurib, fuqaroga bergaylar. Yana sekiz oy har kun yigirmi botmon otmak fuqaroga ulashgaylar. Sharoit - avval shart andoq qilildikim, mutavalli har yil yuz postin, yuz kapanak, yuz borq, yuz kafsh, yuz konglak, yuz tunbon sotqun olgay, dagi har qaysini munosib mavsimda ikki Mudarris ittifoqi bila mustahiqlarga har qaysiga istihqoqiga kora ulashgay. Va har yil tort yuz oltun xonaqoh va gumbaz dagi madrasa va masjid va Dor ul-huffoz farshi uchun kiyiz bila buryo va yoruglug uchun xarj qilgay va har nekim, xonaqoh va matbaxi uchun dasturxon va qozon va ayoq va tabaq va piyola va qoshuq va gayri zolika kerak bolsa tartib qilib bergay. Va xodim va farroshlar har kecha madrasa masjididagi dolonida, dagi Dor ul-huffozda, dagi xonaqohning gunbazida va dahlezlarida sham yondurgaylar. Yana shart ulkim, madrasa mavolisi madrasada baytutat qilgaylarkim, agar ozga yerda sokin bolub, dars chogi hozir bolmasalar, muqarrar qilgon vazifaning nisfin olgaylar va bu madrasa va xonaqohning mudarrisdin yo talaba va mutavalli va shayx huffoz va soyir amalasidin nomashru amre sodir bolsa, ikki qatlagacha sharan har muvohazaga mustavjib bolsalar, anga kora tazir va ihtisob qilsunlar. Uch qatla vujud tutqondin songra ixroj qilsunlar, dagi orniga yana kishi nasb qilsunlar. Yana shart ulkim, qor oriturda muqri va xodimlar va farroshlar va tabaqchilar borcha bir-biriga madad bolub, oritqaylar. Va ariq oriturdakim, bolchig bila qumni arig yoqasiga yigarlar - mutavalli muzdur tutib kotargay. Madrasa va xonaqoh orasidakim, tosh solibdurlar - qachon buzulurdek bolsa, yildin-yilga marammat qilsunkim, musulmonlarga otar - borur dushvor bolmagay. Yana shart ulkim, har ottuz yilda mutavalli Vaqfiyani mukarrar yangi bitgan va asl bila muqobila qilgondin songra quzot sijillot bila muqobala qilgay to ayyom mururi bila churumagay. Yana shart ulkim, hech zamonda sadr gumashtalari va mutavallilar bu sarkorda madxal qilmagaylar. Modomiki, sharti voqif bila muvofiq amal qilgaylar - bu sarkor amalasidin jam va xarj nusxasi tilamagaylar va hech nav nima alardin olmagaylarkim, alarga halol va muboh emas. Chun bu faqir mazkur bolgon mahdudotni vaqf erkoniga iqror qilib, bir kishi tasarrufigakim, oz qibalimdin mutavalli qilib erdim - qoydim. Quzoti izom murofai shari zimnida vaqfiyat hukmi qilib, bu mahdudotni oz sijilloti bila muvashshah va oz tavqioti bila muvazzah qilib, bu biqoga muxallad va muabbad vaqf bolgonini muqarrar va muayyan qildilar. Ruboiy: Olam ishidin meni malul et, yo rab, Faqr emgagi tortarga hamul et, yo rab. Bu ishki, sening rizong uchun qilmishmen, Ham ayni rizo bila qabul et, yo rab. Ruboiy: Yuz shukrki, buqalar mukammal boldi, Vaqfi bu hududkim, mufassal boldi. Sekkiz yuz ediyu sekson olti tarix58 Vaqfiyasi ul kunki, musajjal boldi. Ruboiy:

www.ziyouz.com kutubxonasi

22

Alisher Navoiy. Vaqfiya

Vaqfnyaki tortildi base zahmat anga, To boldi sharoyit xatidin ziynat anga. Mashrut ila kim kilsa amal rahmat anga, Ulkim, munga tagyir berur, lanat anga. Ruboiy: Bu qoidani kimki tuzar, bor bolsun, Tengri bori holatda anga yor olsun. Kim buzsa, buzuqluqqa sazovor olsun. Haq lanatu qahriga giriftor olsun.

www.ziyouz.com kutubxonasi

23

Alisher Navoiy. Vaqfiya

VAQFIYaNING IZOH VA TARJIMALARI 1. Tarj. ar.: Unga Ollohning salovatlari bolsin va bani odamni mukarram qildik. 2. Karrubiy farishta. 3. Tarj. ar.: Ulug zot biz uchun boshqa ilm yoq, sen haqiqiy ilm va hikmat egasidursen. 4. Tarj. ar.: Uning nematlari ulugdir, shonu shavkati buyukdur va undan boshqa iloh yoqdur. 5. Tarj. ar.: Xitoy Chinda bolsa ham ilm talab qilgin. 6. Tarj. ar.: Olimlar paygambarlarning merosxoridir. 7. Mahmud Muhammad paygambar laqablaridan biri. 8. Tarj. ar.: Olimlar bani Isroil paygambarlari kabi ummatlidir. 9. Tarj. ar.: Olimlarning fazilatlari obidlarga nisbatan va quyidagilarga nisbatan ham afzaldir. 10. Baytning mazmuni: Olloh bilan birgalarning quvonchi nihoyatda yaqin (uning) sirlariga mahram. Baytning ikkinchi misrasidan Qoba qavsaynning manosi ikki yoy oraligini anglatadi va bu ibora eng, goyat yaqin mazmunida ishlatiladi. 11.Tarj. ar.: Unga, uning yaxshi qarindoshlariga, pok sahobalariga va unga ergashganlarning hammasiga Ollohning salovatlari bolsin! 12. Tarj. ar.: Ollohdan bolgan hech narsa yoq edi. 13. Tarj. ar.: Biron narsani xohlaganda, uning Bol! demaklikdir. Va (u narsa) bolur. (Yosin surasi, 82oyat... ajab bir yashirin sir edim, ozni sinash uchun xalqni yaratdim). 14. Tarj. ar.: Odamning loyini oz qolim bilan 40 kun qordim. 15. Tarj. ar.: Bu omonatni osmonlarga, yerga va toqqa kondalang qoygan edik, ular uni kotarishdan bosh tortdilar (Ahzob surasi, 72 oyat). 16. Tarj. ar.: Insonni nutfadan (maniy) yaratadi. 17. Tarj. ar.: U rahmdilga Ollohning salovatlari bolsin. 18. Tarj. ar.: Hazrati Muhammadga Ollohning salom va salovatlari bolsin. 19. Tarj. ar.: U subhonahuning haqqi! 20. Tarj. ar.: Tagidan ariqlar oquvchi boglar. 21. Tarj ar.: Biz ularning boyinlariga tavq qoydik. 22. Tarj. ar.: Iymon keltirganlar va xayrli ishlar qilganlar uchun behad ajri savob bordur. 23. Tarj. ar.: Sukunat oltindir. 24. Tarj. ar.: Suradagi oyat ham shunday. (Yani shu manodagi). 25. Tarj. ar.: Kim bir deb oqisa, kim qattiq harakat qilsa, kiradi. 26. Tarj. ar.: Yomon ona qornida ham yomondur. 27. Tarj. ar.: Ular dozax otiga loyiq va unda abadiy yonadilar. 28. Tarj. ar.: Haqiqatda Olloh har bir ishga (qodirdir). 29. Tarj. ar.: Ibrohim (salovat urrahmoni alayhi) paygambar. Laqabi Xalil, Xalilulloh. Rivoyatlarga kora u buttarosh Ozarning ogli bolib, miloddan 2000 yil avval Bobilda dunyoga kelgan. Ibrohim oz toifasini yolgiz Xudoni tan olishga davat etgan. Namrud uni olovga tashlaganda omon qolgan ekan. Kabani Ibrohim bunyod qilgan deyiladi. Xudovand Ibrohimga ogli Ismoil (musulmonlar rivoyatiga kora) yoki Ishoq (yahudiylar rivoyatiga kora)ni qurbon qilishni buyurganda, uni ijro etish asnosida ogil ornida bir qoy qurbonlikka yuborilgan ekan. Ibrohim 170 yil umr korgan deyiladi. Undan ikki ogil Ishoq (onasi Sora) va Ismoil (onasi Hojar) qolgan ekan. 30. Ibrohimning otga tashlanganiga ishora qilinmoqda. 31. Tarj. ar.: Yunus Isroil avlodlaridan, paygambar, laqabi Zunnun, safarlaridan birida tofon kotarilib, kemadan daryoga yiqiladi va uni baliq yutadi, uch kundan song qirgoqqa chiqarib tashlaydi, deyiladi. 32. Tarj.ar.: Namrud Bobilning afsonaviy podshohi. Rivoyatlarga kora, Bobilni Namrud bunyod etgan ekan. Shijoatli va qorqmas bolgan, Ibrohim paygambar uning davrida yashagan
www.ziyouz.com kutubxonasi 24

Alisher Navoiy. Vaqfiya

deyiladi. 33.Tarj. ar.: Ollohga, uning elchisiga va barcha uluglar amriga itoat qilingiz. 34. Tarj. ar.: Muborak yaratuvchi, taolodan minnatdormiz. 35. Tarj. ar.: Butlon raqami chekdi va kitoblariga nasx xati tortdi, aynan: behudaligini qayd qildi va zayil qilishlik xatini tortdi. Bu yerda soz Muhammad (a. s.)ning boshqa paygambarlardan farqi ustida ketmoqda. 36. Tarj. ar.: Sulton Ollohning yerdagi soyasidir. 37. Tarj. ar.: Saltanat eshiklari, hojatlar qiblasi. 38. Tarj. ar.: Biz senga aniq-ravshan qilib ochdik. 39. Tarj. ar.: Olloh senga aziz galaba beradi. 40. Tarj. ar.: Asli mustahkam, boshi samoda. 41. Tarj. ar.: Xalifalarni yerda men taminlayman. 42. Tarj. ar.: Bir soatlik adolat ikki dunyo harakatlariga barobar. 43. Tarj. ar.: Olloh ularga adolat va ehsonni buyurgandir. 44. Tarj. ar.: Ammo tilanchilarni ranjitma. 45. Tarj. ar.: Jamshid Eronning afsonaviy shohlaridan. U qurolaslaha, ipak va ranglar ixtiro qilgan, ulkan binolar qurdirgan ekan. Uning davrida odamlar farovon yashagan, xastalik nima, olim nima bilmagan emish. Keyinchalik kibrhavoga berilib ketgan. Jamshidni jazolash uchun Xudo istilochi Zahhokni yuborgan va u Jamshidni arra bilan ikki bolib tashlagan emish. Bu yerda Navoiy asli Husayn Boyqaroni Jamshidga oxshatmoqda. Albatta Jamshidning ijobiy faoliyati va bilim, ixtirolarini Navoiy kozda tutadi. 46. Sulaymon Dovud ogli, podshoh. Yahudiydar paygambari sanaladi. Bayt ul-muqaddas Quddus shahrini bunyod qilgan. U hayvonlar va qushlar tilini bilar, parilar uning xizmatida bolar ekan. Navoiy bu yerda Husayn Boyqaroni Sulaymon kabi devu parilarga ham sultondir, deb tariflamoqda. 47. Qavs quzah kamalak demakdir. Baytning mazmuni: Uning mevalar soladigan togarasi zangori osmon, otadigan oq yoyi kamalak kabidir. 48. Hotami Toiy hokimiyat davrida ozining saxiyligi bilan dong taratgan toy qabilasiga mansub zot. Uning nomi saxovat va karam qilish ramziga aylanib ketgan. Bu yerda Navoiy Husayn Boyqaroda shunday fazilat mavjud, deya tariflaydi. 49. Navoiy bu yerda Husayn Boyqaro oz saltanatini boshqarishda qator qabilalarning vakillariga tayangani va har qaysiga muvofiq amallar bergani haqida yozadi. 50. Tarj. ar.: Salsabil deb nomlangan buloqning ozginasi. 51. Jerib yer olchovi, taxminan 1 tanob. Jeribni, shuningdek, 1 jeribdon ekish mumkin bolgan yer bolagini ham atashgan. Ye. E. Bertelsning izohlashicha, turli davrlarda jerib miqdori turlicha belgilangan (100 to 200 m.ga qadar). 52. Fiqh usuli va furui diniy qoidalar haqidagi huquq ilmining tarmoqlari va unga oid sharhlar. 53. Tarj. ar.: Alloh qabrlarini munavvar qilsin! 54. Tarj. ar.: Ey iymon keltirganlar, juma namozi uchun azon aytilsa bas, intilinglar, (Allohning) zikriga boringlar, savdosotiqni tark etgan holda. Alloh zikri deyilganda juma namozidan keyin oqiladigan xutba nazarda tutiladi. Savdosotiqni tark etgan holda deyilganda, Odatda juma kunlari boshqa kunlarga nisbatan savdosotiq yaxshi bolgan. Bazi iymoni zaif kishilar savdoga qiziqib, juma namoziga qatnasha olmaganlar (Juma surasi, 9oyat). 55. Tarj. ar.: Xalos ixlosdadir. 56. Muborak Haj safari Navoiy islom ruknlari (tavhid iymon keltirib, besh vaqt namoz, roza va zakot)ni sidqidildan bajarib kelgan va endi Haj safari orzusida ekanligini bayon etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 25

Alisher Navoiy. Vaqfiya

57. Ravotib xizmatchilarga vaqtivaqti bilan berib turiladigan maosh, nafaqa va boshqa moddiy yordamlarni anglatadi. 58. 886/1481 82 yil.

www.ziyouz.com kutubxonasi

26

You might also like